Jyenevada Sotheby's auksion uyida noksimon körinişdagi noyob puşti olmos sotildi. 15,38 karatlik qimmatbaho toş 31,5 mln dollarga sotildi.
Xaridor nomi ma'lum qilinmadi. U savdolarda telefon orqali qatnaşgan. Biroq Reuters axborot agentligi katta olmosni qölga kiritiş baxtiga osiyolik kolletsioner muyassar bölganini aniqlay oldi.
Olmosning nomi "Noyob puşti" deb atalib, u dunyodagi bu rangdagi eng katta olmosdir. U savdolar oldidan 28-38 mln dollarga baholanayotgan edi.
Biroq bu olmos narx borasida kök rangdagi boşqa olmosdan ortda qoladi. Ötgan yili "Kök oy" deb nomlangan olmos narx borasida rekord örnatgandi. 12 qaratlik toş 48,4 mln dollarga sotilgandi. Olmosni osiyolik milliarder Jozef Lau özining 7 yoşli qiziga sotib olgan. Toş qizça uçun "Jozefina kök olmosi" deb qayta nomlangan. Darvoqe, bu toş qizçaning 3-olmosi böldi. Unda yana ikkita – 16 va 7 karatli olmoslar ham bor.







