Qozoğiston aholisining soni 2016 yilning 1 apreliga köra 17733,2 ming nafar kişini taşkil etdi, deya xabar beradi QR Milliy iqtisodiyot vazirligi statistika qömitasi.

"Qozoğiston aholisining 57 foizi (10113,8 ming kişi) şaharda, 43 foizi esa (7619,4 ming kişi) qişloqda yaşaydi. 2015 yil 1 apreliga nisbatan aholisi soni 1,47 foizga (257,1 ming kişi) ortgan", - deyiladi xabarda. 

RAGS organlari tomonidan taqdim etilgan fuqarolik holati aktlaridagi ma'lumotlarga köra, joriy yilning yanvar-mart oylarida tuğilganlar soni 99,4 mingni taşkil etdi (2015 yilning yanvar-mart oylarida esa 92,1 ming), bu ötgan yilgi körsatkiçga qaraganda 7,9 foizga köp. 

Joriy yilning yanvar-mart oylarida vafot etganlar soni 34,4 (2015 - 33,2) mingni taşkil etdi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 3,6 foizga köp demakdir.

Respublika aholisining tabiiy ösiş körsatkiçi 2016 yil yanvar-mart oylariga köra, 6,1 ming kişiga (10,4 foizga) köpayib, 65,0 ming nafarni taşkil etdi. 

Muhojirlik politsiyasining ma'lumotlariga köra, 2016 yilning yanvar-mart oylarida respublikaga doimiy röyxatdan ötiş uçun kelganlar soni ötgan yilning şu davriga qaraganda 26,7 foizga kamayib, 3053 kişini taşkil etdi. Mamlakatdan ketgan muhojirlar soni 20,3 foizga köpayib, 5434 nafar kişidan iborat böldi.  

Körib çiqilayotgan davr içida mamlakatdan taşqariga köçib ketayotgan kişilar soni ötgan yildagiga qaraganda 16,6 foizga kamayib, 97660 kişini taşkil etdi.