Angliya çempionatining 38-turi doirasida qoldirilgan öyinda «Mançester Yunayted» öz maydonida «Bornmut»ni qabul qildi va ğalaba qozondi — 3:1.
Ammo bu natija mankunianliklarning YeÇL yöllanmasini qölga kiritişi uçun yetarli bölmadi. Lui van Gaal şogirdlari raqibni 19ta töp farqi bilan yengişi talab etilardi.
Uşbu ğalabadan keyin «Mançester Yunayted» öz oçkolari sonini 66taga yetkazdi va mavsumni 5-örinda yakunladi. Jamoa hafta söngida Angliya kubogi finalida «Kristal Pelas»ga qarşi maydonga tuşadi.

APL, 38-tur
Mançester Yunayted – Bornmut 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 43 Runi, 2:0 – 74 Reşford, 3:0 – 87 Yang, 3:1 – 90, avtogol Smolling.
Mançester Yunayted – De Xea, Blind, Smolling, Bortuik-Jyekson, Valensiya, Mata (Errera, 75), Kerrik, Lingard, Reşford (Depay, 79), Marsiyal (Yang, 84), Runi.
Bornmut – Federiçi, Kuk, Deniels, Frensis, Elfik, Pyu (Gradel, 66), Gosling, Ritçi, Serman, King (Afobe, 67), Uilson (Grebben, 79).
Ogohlantiriş: Mata (66).







