Fransiyaning «Nitstsa» jamoasi yarim himoyaçisi Hotam bin Arfa özining kelajagi borasidagi savollarga javob qaytardi.

«Men 18ta jamoadan taklif oldim. Ulardan faqat 3tasi meni öziga jalb eta oldi.

Men öta muhim qarorni qabul qiliş arafasidaman. Variantlarni körib çiqaman, öylab köraman va yaqinlarim bilan maslahatlaşaman», – deya bin Arfaning sözlarini keltiradi Lequipe naşri.

Mavsum yakunida uşbu 29 yoşli futbolçi erkin agentga aylanadi. 

Bundan oldinroq, uşbu futbolçiga Yevropadagi bir qator grand jamoalar qiziqayotgan, şu jumladan bu jamoalar qatorida «Atletiko», «PSJ» hamda uning sobiq jamoasi «Lion» nomlari borligi haqida xabarlar berilgandi.

2015-16 yilgi mavsum arafasida «Nitstsa»ga kelib qöşilgan futbolçi 34ta uçraşuvda 17ta gol urdi va 7ta golli uzatma muallifi böldi. Bundan oldingi mavsumlarni u APLning «Nyukasl» va «Xall» jamoalarida ötkazgandi.