Respublikaçilar partiyasining Oregon şatatidagi dastlabki saylovlarida milliarder Donald Tramp ğolib böldi, deya xabar beradi Fox News.

CNN bergan ma'lumotlarga köra, 58 foiz ovoz hisob-kitobidan keyin Tramp 65,9 foiz, uning dastlabki poygadan çiqib ulgurgan raqiblari Jon Keysik va Ted Kruz esa - 17,5 hamda 16,5 foizdan ovozga ega bölişdi. 

Öz navbatida, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlar orasidan kim ğolib bölgani hozirça noma'lum: 64 foiz ovozdan söng vermontlik senator Berni Sanders 53 foiz, AQŞning sobiq boş kotibi Hillari Klinton esa 47 foiz ovoz töplaşdi. 

Bundan avval Klinton Kentukkidagi praymerizda ğalaba qozongani bois öz tarafdorlariga minnatdorçilik bildirdi. Bu yerda u Sandersdan 0,5 foizga özib ketdi.