Angliyaning "Liverpul" va Ispaniyaning "Sevilya" klublari örtasida keçgan Yevropa Ligasi finali ispanlarning ğalabasi bilan yakunlandi.

Ispanlar uçraşuv boşidan birinçi raqam ostida öynaşga harakat qilişdi, raqib darvozasi tomon bir neça marta yuriş qilişdi. Ammo Klopp şogirdlari yaxşi himoyalanişdi. Ular maydonga va raqibga moslaşib olişganidan keyin xavfli hamlalarni amalga oşira boşlaşdi. Ketma-ket hujumlar 35-daqiqada öz samarasini berdi. "Liverpul"ning "uçburçak" körinişidagi Firmino-Koutino-Starrij kombinatsiyasini Starrijning özi juda çiroyli tarzda yakunladi. U çamasi 14 metrlardan çap oyoğining taşqi tomoni bilan olis burçakka aylanma zarba berib hisobni oçdi. Oradan 4 daqiqa ötib, "Liverpul" ikkinçi golni urdi, ammo u Starrijning aybi bilan inobatga olinmadi. Burçakdan yetkazilgan uzatmaga Lovren boş bilan zarba berdi. Darvozabon maydonçasi ofsaydda turgan Starrij töpga oyoq çözdi, ammo unga tegmadi. Hujumçi darvozabonni çalğitgani uçun gol hisoblanmadi.

Ikkinçi bölimning dastlabki daqiqasida Gameyro hisobni tenglaştirişga erişdi. Ruhiy ustunlikka erişgan mehmonlar 64-daqiqaga kelib navbatdagi hujumni boşlaşdi. Vitolo maydon markazida devor uslubida öynab, töpni Kokega yetkazib berdi. Koke bu vaziyatda Minole qöriqlayotgan darvozaning uzoq burçagini aniq nişonga olib jamoasini oldinga olib çiqdi. Oradan köp ötmay yana öşa Koke "Liverpul"ning himoyadagi pala-partişligidan foydalanib hisobni yiriklaştirdi. Uçraşuv 3:1 hisobidagi "Sevilya"ning ğalabasi bilan yakunlandi.

Şu tariqa, "Sevilya" ketma-ket uçinçi marta Yevropa ligasining boş sovrinini qölga kiritdi. Jamoa kelasi mavsumda Yevropa çempionlar ligasining guruh bosqiçida iştirok etiş huququni qölga kiritdi. 

Yevropa ligasi, final.
"Liverpul" - "Sevilya" 1:3
Gollar: Starrij 35, Gameyro 46, Koke 64, 70, 
Ogohlantirişlar: Lovren 30, Vitolo 57, Banega 58, Oriji 72, Rami 77, Mariano 84, Klayn 90.

"Liverpul": Minole, Ture (Benteke 82), Moreno, Klayn, Lovren, Milner, Jan, Koutino, Lallana (Allen 73), Firmino (Oriji 69), Starrij.

"Sevilya": Soriya, Koke, Rami (Kolodzeyçak 78), Eskudero, Karrisu, Banega (Kristoforo 90), Nzonzi, Vitolo, Krixovyak, Mariano, Gameyro (Iborra 89).