Google I/O anjumanida kompaniya Android N operatsion tizimining yangi mobil versiyasidagi eng asosiy yangiliklarni e'lon qildi.
Qayta yangilanişdagi asosiy e'tibor xavfsizlik, samaradorlik va işlab çiqarişni yaxşilaşga qaratilgan. Şunday qilib, proşivka kodini optimallaştiriş dastur örnatilişini 75 foizga tezlaştiradi. Şuningdek, qurilmani yangilaganda talab qilinuvçi «dasturlarni optimallaştiriş» ğoyib böladi. Ilovalar fon rejimida yangilanadi va dasturning yangi versiyasi uni qayta boşlaş jarayonidan söng işga tuşadi.
Yangilanganda köp vazifalar (multitasking) oynasidagi barça dasturlarning uzoq kutilgan yopiş tugmasi paydo böladi. Sönggi ikkita jarayon örtasidagi boğliqlik köp vazifalar tugmasi orqali ikki martali tap (double-tap) bilan amalga oşiriladi.
Kompaniya bu safar ham yangilanişda uç ölçamli yangi avlod mobil öyinlarini yarata oluvçi grafik API Vulcan joriy etilişini eslatib ötdi.
Open GL bilan qiyoslaganda Vulcan grafik çipda oğirlikni kamaytiradi va öyinlardagi iş faoliyatini 30-60 foizga oşira oladi.
Qisqa qilib aytganda, Android N’da 250dan ortiq özgariş va takomillaşuvlar joriy qilinadi. 18 mayda boşlanuvçi ommaviy beta-sinovida quyidagi qurilmalarga ega bölgan barça insonlar iştirok etişi mumkin: Nexus 6, Nexus 9, Nexus 5X, Nexus 6P, Nexus Player, Pixel S, Android One. Bu testga uşbu sahifada röyxatdan ötiş mumkin.







