Özbekiston respublikasi Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Koreya respublikasining öz missiyasini yakunlagan elçisi Li Uk Xyok bilan uçraşuv ötkazdi. Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, tomonlar aholi bandligi sohasida ikki mamlakat hamkorligi masalalarini muhokama qildi.
Özbekiston va Koreya Respublikasi hamkorligi energetik resurslar, avtomobil, tekstil, moliya, AKT va boşqa sohalarda jadal taraqqiy etib bormoqda. Özbekistonda 400 koreys kompaniyasi faoliyat körsatmoqda. Ular ön minglab işçi örinlarini taşkil etiş, ilğor boşqaruv texnologiyalari va nou-xaularni keng tarqatiş yöli bilan özaro manfaatli biznesni rivojlantirmoqda.
Kasb-hunarga öqitiş markazini taşkil etiş böyiça hamkorlikdagi loyihaning ahamiyati beqiyos. Uşbu markazlarda koreys mutaxassislari özlarining bilim-tajribalari va texnologiyalarini Özbekiston yoşlari bilan bölişmoqda, deya qayd etdi elçi.

Mehnat vaziri ham öz navbatida aynan Li Uk Xyonning diplomatik missiyasi davomida öquv markazlarini taşkil etiş böyiça loyiha «ikkinçi nafas»ga ega bölganini ta'kidlab ötdi. Vazir Li Uk Xyokning elçilik missiyasi davrida ta'lim markazlari taşkil etilgani haqida sözlab, Samarqandda 2013-2016 yillar davomida şu maqsadda 6,4 mln dollar evaziga şunday loyiha amalga oşirilganini eslab ötdi. Xuddi şunday markaz Şahrisabzda 2014−2017 yillarda qurilişi uçun 8,5 million dollar ajratilgan. Kelgusida Urganç va Qöqonda ham şunday markazlar taşkil qilinişi rejalaştirilgan.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan 2007−2012 yillarda Toşkentning Sergeli tumanida 4 million dollar evaziga şunday markaz qurilgan bölib, 2012 yil iyulidan uşbu kasbiy tayyorgarlik markazida şu vaqtga qadar 1500 nafardan ziyod kişi ta'lim oldi. Markazning 95,8 foiz bitiruvçilari birinçi oydanoq yuqori maoş tölanuvçi işlarga joylaşdi.

Mehnat vazirligi rahbari bölğusi elçi ham közda tutilgan rejalarni amalga oşirişda mahkama bilan işonçli hamkorlik olib borişiga umid bildirdi.
"Mening xotiramda davlatlarimizning hamkorligi va özaro işonçi ramziga aylangan loyihalar, xususan Özbekiston Mehnat vazirligi bilan hamkorlikda yölga qöyilgan loyiha qoladi", deya qayd etgan Koreya respublikasi eliçisi.







