18 may kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida matbuot anjumani ötkazildi.
Unda oliy ta'lim tizimida Özbekiston Respublikasi prezidentining 2013 yil 27 iyun “Özbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantiriş çoralari töğrisida”gi PQ-1989-son qarori yuzasidan vazirlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Jurnalistlarga berilgan ma'lumotlarga köra, oliy ta'lim muassasalari rasmiy veb-saytlari orqali 10ta interaktiv xizmatlarni körsatiş yölga qöyilgan.
Interaktiv xizmatlarni körsatiş holati tahlillari şuni körsatdiki, xizmatlar soni 2014 yildagi sondan ikki baravarga oşgan.
Vazirlikning markaziy apparatida yaratilgan “JFC” dasturi asosida hujjat almaşiş va topşiriqlar nazoratini yuritiş yölga qöyilgan, davlat va xöjalik boşqaruv organlari bilan elektron hujjat almaşinuv “e-xat” himoyalangan elektron poçta tizimi orqali amalga oşiriladi.
Foto muallifi: Madina Nurman







