Mişel Platini UYeFAga (Yevropa futbol uyuşmalari ittifoqi) yangi prezident tayinlangunga qadar rasman taşkilot rahbari bölib qolaveradi. 

"Platini UYeFAga yangi prezident tayinlangunga qadar taşkilot rahbari bölib qoladi. U UYeFAdan ketmadi. Şu sababli, taşkilot saytida u prezidentligiça qoladi", deya UYeFAning huquq masalalari böyiça bölimi direktori Alasder Bellaning sözlarini keltiradi Sky Sports.

Şuningdek, UYeFA tomonidan FIFAga Platinining 2016 yilgi Yevropa çempionatida iştirok etiş imkoniyatini körib çiqişi böyiça murojaat qilingani aytilgan.

9 may kuni Sport arbitraj sudining e'lon qilgan qaroridan söng, Mişel Platini UYeFA prezidenti lavozimini tark etiş istagini bildirgan edi.

Fransiyalik mutasaddi 2007 yildan buyon UYeFAni boşqarib kelmoqda. 2011 yilda FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Mişel Platiniga 2 million Şveytsariya frankini noqonuniy ravişda ötkazib bergani uçun 2015 yilning dekabr oyida sakkiz yilga har qanday futbol faoliyatidan çetlaştirilgandi. Keyinçalik uşbu çetlaştiriş olti yilga qisqartirildi. Şunday söng, Platini Lozannadagi (Şveytsariya) Sport arbitraj sudiga (CAS) çetlaştiriş muddatini qisqartiriş böyiça apellyatsiya bergandi. Uning apellyatsiyasi qisman qoniqtirildi – diskvalifikatsiya muddati 6 yildan 4 yilgaça, jarima miqdori 80 mingdan 60 ming yevrogaça qisqardi.

UYeFAning yangi prezidentligi uçun saylov 2016 yilning sentabrida Afina şahrida bölib ötadi.