Birlaşgan Millatlar taşkilotining Aholi punktlari böyiça Dasturi (UN Habitat) Hisobot e'lon qildi. Unga köra, 2030 yilga borib yer yuzi aholisining uçdan ikki qismi jahon Yalpi Içki mahsulotining 80 foizi töğri keladigan şaharlarda istiqomat qiladi. Hujjatga köra, bugungi kunda sayyoramiz aholisining beşdan bir qismi global yalpi içki mahsulotning 60 foizi töğri keladigan 600 ta şaharda istiqomat qilayotgan ekan. Bu borada aholisi bir million kişidan kam bölgan katta va kiçik şaharlar tez rivojlanayotgan urbanistik markazlar sifatida körilgan. Bu kabi şaharlarda yer yuzi aholisining 59 foizi istiqomat qiladi. Urbanizatsiya — deganda qişloq aholisining yaxşi hayot ilinji va iş qidirib şaharlarga oqib kelişi tuşiniladi.

Hisobot mualliflarnining fikriça, aholining şaharlarga kelib joylaşiş jarayonlari yaqin 14 yil içida Barqaror rivojlaniş maqsadlarining röyobga çiqişi imkoniyatlarini yaratib beradi. Şu bilan birga şaharlarga aholining joylaşuvi nazoratdan çiqqudek bölsa, yoki rejadan çiqib ketsa, u holda odamlar örtasida tengsizlik kelib çiqadi. Şaharlarda xarobalar köpayadi va iqlim özgarişlariga olib keladi. Tahlilçilarning fikriça, ötgan asrga nisbatan 21 asrda aholi örtasida tengsizlik ortib bormoqda. AQŞ Aholini röyxatga oliş Byurosi ma'lumotlariga köra, yer şari aholisining soni şu yilning 1 yanvarida 7 milliard 300 million kişini taşkil qilgan. Yer yuzi aholisi ilk bor 1804 yilda bir milliard kişidan oşib ketgan edi. Ikki milliardlik statistika 1927 yilda qayd qilindi. Oradan 33 yil ötib, ya'ni 1960 yilda uç milliardlik dovondan ötildi. 1974 yilda yer yuzida tört milliardan ortiq kişi istiqomat qilardi. 1987 yilda bu raqam beş milliardga çiqdi. Oltinçi milliard 1999 yilda qayd qilindi. 2011 yilning oktabr oyida yer yuzida yaşovçilar soni yetti milliard kişiga yetdi. 2030 yilga borib sayyoramizda yaşovçilar soni 8 milliardan oşib ketişi kutilmoqda.
Katta va kiçik şaharlar özgarayotgan jahon iqtisodiyotining markazlariga aylanib bormoqda. Qişloqlardan iş izlab keluvçilar hisobiga şaharlar kengaymoqda. Insoniyat tarixida ilk bor jahon aholisining katta qismi şaharlarda istiqomat qilişi bilan boğliq hodisa qayd qilinmoqda. Agar 1800 yilda şaharlarda dunyo aholisining atigi 2 foizigina şaharlarda istiqomat qilgani hisobga olinadigan bölsa, bugungi kunda yer şari aholisining 3 milliard 900 millioni şaharlarda yaşaşi aytilar ekan, bu juda katta raqam ekanini oydinlaşadi. Şuni ta'kidlaş kerakki, 1950 yilda jahon aholisining 30 foizi özlarini şaxarliklar deb hisoblaşardi. BMT ma'lumotlariga köra, 2014 yilda yer şari aholisining 54 foizi şaharlarda yaşagan. Har kuni dunyo şaharlariga örtaça 180 mingga yaqin kişi keladi.














