Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) joriy yozda Yevropada Zika virusi tarqalişini kutayotganini, biroq odamlar uçun xavf "kam yoki örtamiyona" deb baholanayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sky News.

JSST virus katta ehtimol bilan sariq bezgak çivini yaşaydigan joylarda tarqalişini ma'lum qildi. Asosan, bu çivin tropik davlatlarda tarqalgan. 

Ma'lum qilinişiça, virusning Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Bolgariya, Xorvatiya, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Gretsiya, Isroil, Italiya, Malta, Monako, Çernogoriya, Ruminiya, San-Marino, Sloveniya, Ispaniya, Şveytsariya, Turkiya va Vatikanda "örtamiyona" tarqalişi xavfi mavjud.