Keyingi paytda uzoq davom etuvçi temiryöl sayohatlari keng ommalaşmoqda. Kundan-kunga kompaniyalar mijozlariga nafaqat oynadan gözal manzaralarni tomoşa qilib ketişni, balki vagonlarda yaratilgan haşamat imkoniyatlardan zavqlanişni ham taklif etmoqdalar. Marhamat ana şunday yönalişlar bilan tanişing.
The Venice Simplon Orient-Express: London — Venetsiya.

Dunyodagi heç bir poyezd Agata Kristining «Şarqiy ekspressdagi qotillik» romanida tasvirlanganVenice Simplon Orient Expressdagi kabi romantika va sarguzaştlar ruhiga ega emas. Uşbu yönaliş hali ham Yevropaning fusunkor manzaralari va afsonaviy London, Parij, Verona va Venetsiya şaharlari orqali qatnaydi.
Aksariyat yölovçilar tungi London — Venetsiya yönalişidan foydalanadilar, lekin Italiyadan yölga çiqqanlar Parijda poyezdga qutilar yuklanayotganini körişlari mumkin. Qutilar omarlar bilan töla bölib, ular poyezd restoranida yölovçilarga taom sifatida tortiladi.
«Zolotoy oryol» ekspressi: Moskva — Vladivostok

Tajribali sayyohlar agar Transsibir ekspressida sayohat qilmagan bölsangiz u holda temiryöl sayohati haqida heç nima bilmasligingizni aytişadi. Bu sayohat roppa-rosa sakkizta soat mintaqasini qamrab oladi.
«Zolotoy orel» — vanna xonalari, yozda salqin, qişda issiq iqlimni uşlab turuvçi konditsioner tizimi, televizorlar, kirxona xizmati, pianinoçi va ingliz tilida gapiruvçi şifokori bor espressdir. Uşbu qulayliklar tufayli ikki haftalik yöl kruizdek ötadi. Bundan taşqari, poyezd har kuni ekskursiyalar uçun töxtaydi: yönaliş Qozon, Yekaterinburg, Baykal köli va Mongoliya poytaxti orqali ötadi.
«Moviy poyezd»: Pretoriya — Keyptaun

27 soat davomida poyezd peresekayet Janubiy Afrika böylab 1600 kilometr masofani bosib ötadi.
Poyezd haşamati xizmatçilar mulozamati bilan uyğunlaşib ketgan, ular 24 soat davomida yölovçilar xizmatida bölişadi. Ayrim nomerlarda jakuzilar örnatilgan, har bir xonada keng yotoqxona, konditsioner, mini-bar, seyf va vanna xonasi joylaşgan. Bir paytlar Margaret Tetçer, Nelson Mandela va Kayli Minoug uşbu poyezd yölovçilari bölişgan.








