Parijdagi Eyfel minorasida birinçi marotaba yaşaşga ruxsat beriladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Maşhur joyda iyunda – Fransiyada ötadigan futbol böyiça Yevropa çempionati vaqtida joylaşiş mumkin böladi.
HomeAway kompaniyasi minoraning birinçi qavatining bir qismini apartamentlarga aylantiradi. U yerda 19 mayda boşlanadigan tanlovning 4 nafar ğolibi yaşaydi.
Xonaning oynalaridan Parij, jumladan Triumfal arka, Sakre-Kyor bazilikasi va Sena daryosi manzaralarini köriş mumkin böladi.
HomeAway rahbari Brayan Şarplz uşbu aksiyani "misli körilmagan" deb atadi. U mehmonlarga "ta'til haqida katta xotiralar" kafolatlanişini ta'kidlab ötdi.
Avvalroq Eyfel minorasi TripAdvisor turistik portali versiyasi böyiça 12 ta eng diqqatga sazovor joy röyxatiga kirgani ma'lum qilingandi.







