«Sevilya» jamoasining Yevropa Ligasida ğolib bölişi jamoa ğaznasini kamida 21,5 million yevroga töldiradi. Finaldagi ğalaba uçun «Sevilya» 6,5 mln yevro işlagan. Turnir ğolibi sifatida hali jamoa YeÇLning bölğusi ğolibiga qarşi UYeFA Superkubogi uçun finalda iştirok etadi. Bu uçraşuvdagi iştirok uçun jamoaga 3 mln yevro beriladi.

Keyingi mavsumda «Sevilya» YeÇLda iştirok etadi. Bu turnirning guruh bosqiçidagi 6ta uçraşuv uçun jamoa kamida 12 mln yevro işlaşi mumkin. Şu tariqa, ispan jamoasi bu mavsumdagi çempionlik tufayli jami 21,5 mln yevroni kafolatlagan.