Siz hozir turgan kar'yera joyi – bu sizning imkoniyatingiz manzili. Agar qöşimça mahorat va imkoniyatingizni işga solsangiz, hayot yanada yaxşi böladi.

Ter tökib mehnat qilayotgan, tinmay izlanib, yaxşi yaşaşga intilayotgan inson hayotda eng yaxşisiga munosib. Işda ösişda har doim ham bilim qöl kelavermaydi. Kasbu korda yuksalişning poydevori mehnat, fe'l-atvor, bilim va yana boşqa omillardir. Quyida şular haqida amaliy tavsiyalarni sanab ötamiz.

1. Agar hozirgi işingizda kötirilişingizga közingiz yetmasa, işni özgartiring. Notöğri tanlangan iş – bir umrlik duşmanga öxşaydi. U sizning muntazam baxtsizligingiz va gözal taqdiringizning boş tösiği bölişi mumkin.

Modomiki, işda ösmasligingizning sababi boşqa kamçilik bölsa, buni aniqlang. Işdagi yaqin hamkasbingiz yoki döstingizdan özingizda nima kamçilik borligi haiqda sörang va uni tögirlaşga harakat qiling. Aks holda sizning gapirmasdan özingizni tutişingiz va xatti-harakatingiz nafqat özingizga bölgan işonçsizlikni balki, qilayotgan işingizni ham uddalay olmayotganingizdan darak beradi.

2. Tanaffus yoki tuşlik çoğlarida ijtimoiy tarmoqlarga “şönğib” ketmang. Bunday qulay fursatni kino köriş yoki televizor qarşisida sarflagandan köra, qöşimça bilim olişga harakat qiling. Internet yoki kutubxonalarda özingizni kasbingizga oid manbaalarni öqiy boşlang.

3. Hamma işni ham özingiz qilişga harakat urinmang. Atrofingizdagi yordamçilar va tajriba orttirayotganlar oddiygina qoğozlarni titiş va fayllarga solişni sizsiz ham uddalaydilar, yaxşisi siz közga köringan va ma'suliyatli işlarni qilling.

4. Bajarayotgan işingiz va taşkilot maqsadini özingiz tuşunib yetib, bu boradagi tajribani örganib boring. Öz yönalişingiz yoki hayotda muvaffaqiyatli bölişga oid video hamda audio kurslarni topib, böş vaqtingizda köproq tomoşa qiling. Bu hayotda ijobiy kayfiyatda yaşaşingizga yordam beradi.

5. Özgarişga harakat qiling. “Dunyoni özgartirişdan avval özing özgarişing kerak”, degan jumlani unutmang. Fe'l-atvoringizni nazorat qiling. Iş jarayonida xuşfe'l bölişga harakat qiling. Dilingizdagi har narsani ham tilga çiqarmang.

6. Işxonangizdagilar bilan orzu va maqsadlaringizni muhokama qilmang. Agar kompaniyangizda siz hohlagan iş örni böşab qolsa, bunga istagingiz borligi haqida boşliğingizga ayting.

7. Siz har doim taşqi körinişingizga e'tiborli böling. Işga doimo toza va ozoda iş kiyimida keling. Qiş kunlari loy va çang oyoq kiyim yoki tirnoğingiz ostidagi kir atrofingizdagilarda siz haqingizda yomon taasurot qoldirişi mumkin.