2015 yilda BMTning 50 mamlakatidan bölgan 129 nafar tinçlikparvari halok bölgan. Ularning ölimiga sabab etib, turli hujumlar, baxtsiz hodisalar va kasalliklar körsatilgan. Bu haqda BMT Boş kotibi Pan Gi Mun taşkilotning Nyu-Yorkdagi ştab kvartirasida ötgan marosimda aytib ötgan.
"2015 yilda 50 mamlakatning 129 nafar tinçlikparvari ularga qilingan hujum, baxtsiz hodisalar va kasalliklar tufayli halok bölgan. Sönggi 13 yilning 12 yilida har yili halok bölayotgan tinçlikparvarlar soni 100 nafardan oşmoqda. 1948 yildan buyon halok bölgan tinçlikparvarlar soni 3 500 nafarga yetgan", - dedi BMT Boş kotibi, halok bölganlar xotirasiga saqlangan bir daqiqalik sukutdan söng.







