Özbek milliy estrada qöşiqçiligi san'ati “primadonna”si Yulduz Usmonovaning 2014 yil musiqiy albomidan örin olgan “Eh köçalar” nomli qöşiğiga 9999 studiyasi jamoasi tomonidan klip suratga olindi. 

Qöşiq va klip ğoyasi bu dunyoning qaytar dunyo ekanligi, mol-dunyo va boşqa hoyu-havaslarning ötkinçiligi, yengil va qinğir yöllar orqali topilgan luqmaning insonga tatimasligi haqidagi taassurotlarni uyğotib, mehr-oqibatli va halol inson bölib yaşaşga çorlaydi. 

Primadonnaning imiji, mimikalari va betakror raqslari klip mazmuniga xos ifodalangan.

Bir söz bilan aytganda qöşiq va unga suratga olingan klip özida bir qança ijobiy ma'nolarni ifodalab, tinglovçini muşohadaga çorlaydi, ma'naviy ozuqa beradi.

Klipni birinçilardan bölib kun.uz saytining youtube’dagi kanali orqali tomoşa qiliş mumkin.