Gretsiya telekanallarining xabar berişiça, AQŞ aviakompaniyasining "Boing" yölovçi samolyoti uçuvçilari Fransiyadan Kuvaytga parvoz vaqtida şturval oldida uxlab qolganlar.  

Uşbu noxuş voqea 19 may kuni, EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti yöqolib qolgandan 15 soat ötib yuz bergan. Uçuvçilar Xorvatiya va Albaniya örtasida uçib ötayotganlarida Italiya dispetçerlari sörovlariga javob bermaganlar, söngra Gretsiyada ham javob berişmagan. Şu ondayoq samolyotda terakt yuz bergani taxmini paydo bölgan. Ikki davlat hukumatlari bundan xabardor qilinganlar, NATO bilan aloqa liniyasi oçilgan, trevoga böyiça Kritdagi Sud aviabazasidan ikkita qiruvçi samolyot havoga kötarilgan.

Grek uçuvçilari Santorini ustida "Boing"ga yaqinlaşganlarida ular AQŞlik uçuvçilar joylarida uxlaşayotganini körişgan. 140 nafar yölovçilik samolyot avtopilotda uçayotgan bölgan.

Samolyot styuardlari ularni F-16 samolyotlari kuzayotganlarini körib, uçuvçilarni uyğotişgan. Baxtli tasodif barçasi yaxşilik bilan yakunlangan.

"Santorini ustida payşanba kuni yuz bergan havo trilleri fojia bilan tugaşiga bir baxya qoldi", deb kinoya bilan ta'kidlamoqda Alpha telekanali. 

OAV aviakompaniya nomini oşkor etmagan, biroq "dunyodagi eng yiriklaridan biri" deb aytgan.