20 mayda Oltoy ölkasidagi Barnaul şahrining markaziy köçalaridan birida yengil avtomobil asfalt qoplama tagiga tuşib ketdi. "Amitel" axborot agentligi ma'lumotlariga köra, bu voqea "Turist" mehmonxonasi yonidagi katta yölda sodir bölgan.
Yölning bu qismi doimo muammolarga sabab bölgan, biroq bunday hol ilk bor yuz berdi. Yöl xavfsizligi harakati davlat nazorati xodimlari qolgan guvohlar kabi bu voqeadan umuman esankirab qolişdi.
Tuproqning öpirilişiga nima sabab bölgani noma'lum. "Kapitalist" naşrining ma'lumotlariga köra, voqea joyiga şahar meri Sergey Dugin va vitse-mer Pyotr Gladişev kelgan. "Endi hammayoqqa ovoza bölamiz", deb Dugin, maşinani öradan olişga körsatma bergan.
Guvohlarning aytişiça, öraga tuşib ketgan "Toyota Ist" maşinasi avtoturargohda turgan vaqtda uning yonida qandaydir qiz yurgan, bu qiz maşina egasi ekanligi taxmin qilingan. Voqea vaqtida avtomobilda heç kim bölmagani sababli jabrlanganlar bölmagan. "Kapitalist"ning ta'kidlaşiça, maşina egasi 24 yoşli Yelena Silina degan qiz bölgan. Qizning aytişiça, maşina uning ilk avtomobili bölgan.










