Unda bugungi kunimizning zabardast ulamolari, dinimiz musaffoligi yölida bor kuç-ğayratini ayamay xizmat qilayotgan olimlarning fatvolari, ma'ruza va murojaatlari keltirilgan.
«Turli buzğunçi kuçlar insonlarni asl e'tiqoddan adaştirmoqçi bölib turgan bir vaqtda uşbu dolzarb kitobning çop etilişi bizni juda xuşnud etdi», - deydi Toşkent şahridagi Şayx Zayniddin masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov.
Kitobda musulmon kişi töğri yöldan adaşmasligi, buzğunçi kuçlarning puç ğoyalariga aldanmasligi uçun zarur bölgan tavsiyalar keltirilgan. Ba'zi yoşlarning Internet tarmoğida taşkil etilgan radikal ğoyaviy tarğibot ta'siriga tuşib qolayotganini e'tiborga olib, ulamolar tomonidan berilgan zamonaviy media vositalardan foydalaniş odoblari bayon etilgan. Bu esa bugungi kun yoşlari uçun öta muhim va foydalidir.
Mazkur kitob quyidagi xususiyatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi:
- terrorçilar tomonidan musulmon kişini kofirlikda ayblaş, ular yaşaydigan hududlarga qurolli hujum uyuştiriş, musulmonlarni öz yurtini tark etib, terrorçilar safiga qöşilişga çaqiruvçi tarğiboti islom manbalariga zid ekani oyat va hadislar asosida foş etildi;
- terrorçilarning faoliyati muayyan siyosiy maqsadlarga yönaltirilgani, uşbu jarayonda dindan odamlar ongiga kuçli psixologik ta'sir ötkaziş, ularni jangari faoliyatga undaş, musulmonlar orasida adovat qözğaş, özaro duşmanga aylantiriş maqsadida unumli istefoda etilayotgani oçib berildi;
- nomlari keltirilgan şaxslar islom olamidagi eng nufuzli, barça tomonidan e'tirof etiladigan va katta ta'sir kuçiga ega ulamolardir. Ularning barçasi ahli sunna val jamoa yönalişiga mansub.
Şuningdek, kitobda yurtimiz ulamolarining mavzuga aloqador ma'ruzalaridan namunalar keltirildi.
«Bugungi kunda islom dini nomidan harakat qilayotgan ba'zi oqimlarning muqaddas dinimizga qilayotgan duşmanliklari, musulmonlarning şa'niga keltirayotgan noloyiq harakatlarining asl mohiyatini tuşunib yetiş, mana şunday oqimlarga qarşi turişda bu kabi manbalarga katta ehtiyoj sezamiz», - deydi «Xöja Alambardor» masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov.
Öylaymizki, uşbu kitob oqni qoradan, haqiqatni botildan ajratişda, islomning mö'tadil va muqaddas ta'limotini töğri anglaşda barça kitobxonlarimiz uçun katta manfaat yetkazadi.
Manba: ziyo.uz







