Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan hamkorlikda "Elektron hukumat”ni joriy etişning huquqiy asoslari" mavzuida davra suhbati ötkazdi.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi raisi I.Abdullayev va boşqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qulay işbilarmonlik muhiti yaratilgani, "elektron hukumat" axborot tizimi faoliyati va joriy etilişini tartibga soluvçi axborot sohasi qonunçiligining amaliyotga tatbiq etilişi samaradorlikni yanada oşirişini ta'kidladi.
Joriy yilning 10 iyunidan kuçga kiradigan “Elektron hukumat töğrisida”gi qonun davlat boşqaruvi tizimidagi ma'muriy islohotlarni çuqurlaştiriş, "yagona darça" tamoyili asosida elektron davlat xizmatlarini körsatiş, davlat organlari faoliyatining oçiqligi va oşkoraligini ta'minlaşda fuqarolarning huquq va manfaatlarini amalga oşirişga xizmat qiladi.
«Elektron hukumat»ni joriy etişda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantiriş kompleks dasturi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga köra, 2013-2020 yillarda 2,1 trillion sömlik telekommunikatsiya texnologiyalari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan 17 loyiha, «elektron hukumat» ma'lumotlar bazasi va axborot tizimlari kompleksini yaratişda qöl keluvçi öttizga yaqin loyiha amalga oşiriladi.
«Joriy yilning birinçi mayidan yangi elektron soliq xizmatlari portali işlab çiqildi, – deydi Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği örinbosari Hayotjon Nasrulloyev. – Bu orqali aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining soliq organlari bilan özaro munosabatlarining oçiqligi, tezkorligi va samaradorlik darajasi yanada oşdi».







