NATO 2017 yilning boşida 1 mlrd dollarlik yangi boş qarorgohga köçib ötadi. Bu haqda NATO boş qarorgohidagi manba ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Biz keyingi yil boşida köçib ötişni möljallamoqdamiz, biroq bu birinçi oyda bölişi dargumon", deb aytdi manba.
Uning aytişiça, bu jarayon bosqiçma-bosqiç körinişda böladi va yaqin orada boşlanadi.
NATOning qurilayotgan yangi majmuasi taşkilotning hozirgi boş qarorgohi joylaşgan Bryusseldagi Leopold Uçinçi sayilgohining narigi tomonida joylaşgan.
Bu katta yarim aylana şaklidagi oynavand bino bölib, 41 gektar maydonni egallaydi, uning işçi maydoni 245 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. Majmuada NATO davlatlari va hamkor davlatlar missiyalari joylaşadi. Binoda bir vaqtning özida 4 mingdan köproq odam işlaydi.
Bino elektrni tejaş, aloqa va kommunikatsiyalar va binoni jismoniy himoya qiliş sohasidagi yangi texnologiyalardan foydalangan holda qurilgan. Uning loyihaviy qiymati 1 mlrd dollarni taşkil qiladi.
Yangi boş qarorgohning yaratilişi haqidagi qaror 1999 yilda qabul qilingan, quriliş işlari 2010 yilda, tender ötkazilgandan keyin boşlangan.







