00:47 / 21.05.2016
4193

"Sevilya"ning 7 o‘yinchisi Yevropa ligasining ramziy jamoasiga kiritildi

UYeFA Yevropa ligasining 2015/16 yillardagi ramziy jamoasini tuzdi. 

Jamoadan, musobaqani 3 marta ketma-ket yutgan  "Sevilya"ning 7 o‘yinchisi joy oldi.

Jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar: David Soriya ("Sevilya"), David de Xea ("Manchester Yunayted");

Himoyachilar: Tobi Alderveyreld ("Tottenxem"), Mats Xummels ("Borussiya" Dortmund), Dario Srna ("Shaxter"), Adil Rami, Mariano (ikkalasi "Sevilya"dan);

Yarimhimoyachilar: Emre Ean, Filippe Koutino (ikkalasi "Liverpul"dan), Gonsalo Kastro ("Borussiya" Dortmund), Marlos ("Shaxter"), Ever Banega, Gjyegoj Krixovyak, Stiven Nzonzi (barchasi "Sevilya"dan);

Hujumchilar: Arits Aduris ("Atletik"), Per-Emerik Obameyang ("Borussiya" Dortmund), Kevin Gameyro ("Sevilya"), Sedrik Bakambu ("Vilyarreal").

Top