Ukrainada Yevropa kuni tantana qilinadi, deb xabar qilmoqda «112 Ukraina».

Şu munosabat bilan, 21 va 22 may kunlari mamlakatning barça şaharlarida bayram marosimlari bölib ötadi. 

Ukraina prezidenti farmoniga köra, Yevropa kuni 2003 yildan boşlab, may oyining uçinçi şanba kuni bayram qilinadi. 

Yevropa kuni - mamlakatning Yevropa integratsiyasi tomon strategik yönalişni tanlaşi va YeIga a'zo bölişga intilişi timsoli sifatida nişonlanadi. 

Bundan taşqari, Ukrainadagi Yevropa kuni, mintaqada istiqomat qiluvçi barça millatlar tarixi, qadriyatlari umumiyligi va birligini namoyon etadi. 

Yevropaning boşqa davlatlari, 1950 yildan boşlab Yevropa kunini 9 may kuni bayram qiladi.