2014 yilning fevral oylarida Ravşan Turobjonov (ism-familiyalar özgartirilgan) antiqa savdo bilan şuğullanişga bel boğlaydi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

U avval zaharli ilon topib, uning zahrini oladi va maxsus idişlarga joylaştiradi. 2014 yilning aprel oylarida fuqaro Doniyor Ğofurov undan ilon zahrini sotib oladigan böldi. 

Kelişuvga köra, 1 gramm ilon zahri 90 AQŞ dollaridan sotiladigan böldi. R.Turobjonov 1 dona ampuladagi 2 gramm “ilon zahri”ni D.Ğofurovga beradi.

Olib borilgan tezkor suriştiruv jarayonida “zaharfuruş”ning faoliyatiga çek qöyildi. R.Turobjonov oldindan tuzilgan rejaga köra, Çilonzor tumani hududida 200 gramm mahsulotni 18 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan ötkazilgan tadbirda aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

U sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.