Avstriyaning Kaslab'n Nockberge firmasi sut mahsulotlari işlab çiqarişga daromadni pişloq körinişida olişga rozi böladigan sarmoyadorlarni qidirmoqda.
Kaslab'n Nockberge organik sut mahsulotlari işlab çiqariş birinçi kooperativi ayni paytda Avstriyaning Radentayn şahrida qurilmoqda. Loyiha asosçilari daromadni pişloq körinişida olişga tayyor sarmoyadorlarni izlamoqda.
Taxminlarga köra, loyiha qiymati 2,5 million yevroni taşkil etadi. Bu haqda The Local xabar qilgan.
Kooperativ tarkibiga Mişel Kerşbaumer yetakçiligidagi 15 nafar fermer kiradi. Uning aytişiça, uşbu sarmoya modeli köplab mamlakatlarda muvaffaqiyat qozongan.
Loyihaga tikilgan puldan olinadigan foyda 2 foiz böladi hamda yiliga bir marta “pişloq birligi” körinişida tölanadi. Şunday qilib, sarmoyadorlar ferma dökonlarida naqdlaştiriş mumkin bölgan vauçerlarni qölga kiritadi.
Sarmoyadorlar özi xohlagan paytda pullarini qaytarib olişlari mumkin.







