Ikki alpinist dunyoning eng baland çöqqisi Everestni zabt etiş vaqtida halok böldilar. Bu haqda Nepal Mountaineering Association’ga iqtibos keltirgan holda Deutsche Welle ma'lum qildi.
Fojia gollandiyalik ekstremal Erik Arnold va avstraliyalik ayol alpinist (nomi ma'lum qilinmagan) Everestdan tuşayotganlarida yuz bergan.
Taxminlarça, ular balandlikda kislorod yetişmasligi oqibatida kelib çiqadigan "toğ kasalligidan" halok bölganlar. OAVning ma'lum qilişiça, ular "ölim hududi" deb nomlanuvçi, ya'ni havo maksimal darajada kam bölgan hududga tuşib qolişgan.
Alpinistlarning ölimi joriy mavsumda Everestda yuz bergan birinçi fojiali hodisa böldi. Ötgan yili 19 nafar alpinist zilzila ta'sirida yuz bergan qor köçkisi oqibatida halok bölganidan keyin çöqqiga kötariliş taqiqlab qöyilgandi. Toğ joylaşgan Nepal hukumati unga kötarilişga yaqinda yana ruxsat bergandi.







