Google kompaniyasi öz muxlislarini bozorga innovatsion modulli smartfon çiqarişi haqidagi yangilik bilan xursand etdi. Bu haqda Google I/O 2016 anjumanining oxirgi kuni ma'lum qilindi. Kompaniya xodimlari Project Ara loyihasi doirasida loyihalangan qurilmaning işçi namunasini namoyiş qildi.

Taqdimot vaqtida Google muhandisi kamera modulini almaştirdi va surat oldi. Bunda qurilmani qayta yuklaşga hojat bölmagan. Ba'zi modullarni korpusdan ovozli buyruq bilan uzsa böladi, buning uçun "OK, Google, (kamerani) olib taşla" deyiş kifoya qiladi. Foydalanuvçilar modulli tizim evaziga öz qaraşlaridan kelib çiqib smartfonni özlari mustaqil takomillaştirişlari mumkin. Misol uçun, tezkor xotirani oşiriş, yuqori sifatli kamera, kuçliroq protsessor va kattaroq siğimdagi akkumulyator örnatişlari mumkin.

Ta'kidlanişiça, yangi konstruksiya bir qurilmada Project Ara’ning 6ta moduligaça qöllaşni közda tutadi, şu bilan birga ularni joylari bilan almaştiriş mumkin böladi. Google smartfonlarni işlab çiqaruvçilar uçun şu kuzdayoq yetkazib berişni boşlaydi, qurilmaning sotuvga möljallangan yeçiluvçi modulli versiyasi 2017 yilda – rejalaştirilgandan ikki yil keyin paydo böladi.