"Mançester Yunayted" Angliya Kubogi finalida qöşimça vaqtda "Kristal Pelas" ustidan irodali ğalabaga erişdi va joriy mavsumdagi Kubok sohibiga aylandi. Uçraşuv Londondagi "Uembli" stadionida bölib ötdi va 2:1 hisobi bilan mankunianliklar foydasiga yakunlandi.
78-daqiqada "Kristal Pelas" futbolçisi Djyeyms Pançeon hisobni oçdi. 3 daqiqa ötib "MYu" futbolçisi Xuan Mata hisobni tenglaştirdi.
Şu tariqa asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Qöşimça vaqtning 1-taymi oxirida "MYu" himoyaçisi Kris Smolling ikkinçi sariq kartoçka uçun maydondan çetlatildi. Mançesterliklar oz qolganlariga qaramasdan, 110-daqiqada Jyessi Lingardning hal qiluvçi goli evaziga Kubokdagi ğalaba baxtiga muyassar böldilar.
"MYu" gollandiyalik mutaxassis Lui van Gal qöli ostida birinçi unvonini qölga kiritdi. Mankunianliklar bu sovrinni 12 marotaba olmoqdalar.
Angliya Kubogi. Final
Kristal Pelas – Mançester Yunayted – 1:2 (qöş. vaqt)
Gollar: Pançeon, 78 (1:0); Mata, 81 (1:1); Lingard, 110 (1:2).
Çetlatiş: Smolling, 105 (Mançester Yunayted)
Kristal Pelas: Xennessi, Denn, Suare, Uord, Dileyni, Yedinak, Kabay, Makartur, Zaa, Bolazi, Uikxem.
Mançester Yunayted: De Xea, Blind, Smolling, Roxo, Valensiya, Mata, Kerrik, Fellayni, Marsyal, Runi, Reşford.






















