Ruminiyalik tajribali mutaxassis Mirça Luçesku Donetskning "Şaxtyor" jamoasi boş murabbiyligini tark etdi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ukraina Kubogi finali 70 yoşli bu murabbiy uçun "Şaxtyor" boşqaruvidagi oxirgi uçraşuv bölib qoldi. Bu final bahsida donetskliklar "Zarya"ni 2:0 hisobida mağlub etişdi va 10 karra Ukraina Kubogi sohibiga aylanişdi.

"Şaxtyor" jamoasi Misterga uzoq yillik hamkorlik uçun minnatdorçilik bildiradi. "Şaxtyor" Mirça Luçeskuga kelgusi faoliyatida zafarlar tilaydi. Bu tilaklar "Şaxtyor"ning millionlab muxlislari nomidan ham", deyilgan xabarda.

Mirça Luçeskuning "Şaxtyor" bilan şartnomasi joriy mavsum oxiriga qadar tuzilgandi. Uşbu mutaxassis jamoani 2004 yildan buyon boşqarib kelmoqda edi. Uning rahbarligida donetskliklar jamoasi 8 marta Ukraina çempioni, 6 marta Ukraina Kubogi sohibi, 6 marta Ukraina Superkubogi egasi böldi. Şuningdek, jamoa 2009 yili UYeFA Kubogi finalida ğolib çiqqan.

Bundan oldinroq, uşbu murabbiy "Zenit"da iş boşlaşi haqida xabarlar tarqalgandi.