Quyoş batareyalarida harakatlanuvçi Solar Impulse 2 uçuvçisi Ohayo ştatida samolyotni qöndirdi. Bu haqda loyiha tvitterida xabar qilindi. 

“Uçuvçi Andre Borşberg bortda yoqilği bölmagan holda 17 soatlik parvozdan söng Deyton şahrida samolyotni qöndirdi”, - deyiladi xabarda. 

“Quyoş samolyoti” uçun Deytonga qönişni amalga oşiriş ramziy ahamiyatga ega. Çunki aynan şu şahar insoniyat tarixida ilk aeroplan parvozini amalga oşirgan aka-uka Raytlarning vatani hisoblanadi.