Toşkent şahri Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi versiyasi böyiça turmuş darajasi eng yomon şaharlar reytingining 26-örinini egalladi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda. Hammasi bölib reytingdan dunyoning 33 ta şahri örin oldi.
Özbekiston poytaxtining bu röyxatga kiritilişiga ötgan yili AQŞning Toşkentdagi elçixonasiga noma'lum kişining hujumi sabab bölgan. Bundan taşqari, şaharlar siyosiy, ijtimoiy-madaniy soha, ta'lim, tibbiy yordam, xizmat körsatiş sifati va boşqa mezonlar böyiça baholangan.
Toşkentdan taşqari, Örta Osiyo şaharlaridan Aşxobod, Bişkek va Duşanbe ham bu röyxatdan örin olgan.
Röyxatda 1-örinni Bağdod, oxirgi örinni esa Tanzaniyadagi Dar-as-Salom egallagan.
2015 yilda Economist Intelligence Unit tadqiqotçilik kompaniyasi Toşkentni yaşaş tarzi yuqori bölgan şaharlar orasiga kiritgandi. 140 ta şahardan iborat bu röyxatda Toşkent 116-örinni egallagandi.







