21 may kuni futbol böyiça Özbekiston Kubogining nimçorak finali doirasida 6ta juftlik örtasida javob uçraşuvlari ötkazildi. Bu uçraşuvlar natijalariga köra turnirning çorak finaliga yöllanma olgan 6 jamoa nomi ma'lum böldi. Endilikda, «Qöqon—1912», «Andijon», «Metallurg», «Maş'al», «Bunyodkor» va «Nasaf» klublari mamlakat kubogini qölga kiritiş uçun kuraşni davom ettiradi.

Nimçorak finalning Toşkent derbisi maqomidagi bahsida «Obod» kubokning amaldagi finalçisi «Bunyodkor»ga imkoniyatni boy berib qöydi. «Qaldirğoçlar» bir hafta oldin ötkazilgan birinçi uçraşuvda 2:2 hisobida durang natija qayd etgandi, ikkinçi uçraşuvdagi 2:1 hisobidagi ğalaba jamoani keyingi bosqiçga olib çiqdi.

Toşkent viloyati derbisida esa «Olmaliq» Bekobodning «Metallurg» klubidan har ikki uçraşuvda ham yengildi. Şuningdek, Qarşining «Nasaf» klubi ham nimçorak finalning har ikki öyinida zafar quçib, «Neftçi»ni musobaqadan çiqarib yubordi.

«Buxoro va «Paxtakor» klublari iştirokidagi bellaşuv 22 may kuni bölib ötadi, «Lokomotiv»ning «ÖzDongJu» bilan öyini 8 iyun kuniga belgilangan.

Özbekiston Kubogi
1/8 final. Javob öyinlari
21 may, şanba

«Qöqon—1912» — «Navbahor» 1:1
Gollar: Oleksandr Pişur, 11 (0:1). Nosir Otaqöziyev, 17 (1:1).
Dastlabki uçraşuv: 1:0

«Andijon» — «Qizilqum» 3:1
Gollar: Islombek Isoqjonov, 25 (1:0). Samandar Şodmonov, 29 (1:1). Ibrohim Rahimov, 69 (2:1). Bobur Akbarov, 79 (3:1).
Dastlabki uçraşuv: 2:2

«Olmaliq» — «Metallurg» 2:3
Gollar: Ergaş Ismoilov, 9 (0:1). Ayubxon Nö'monov, 26 (0:2). Yaroslav Martinyuk, 33 (1:2). Farhod Tojiyev, 40 (2:2). Jasur Hakimov, 79 (2:3).
Dastlabki uçraşuv: 0:1

«Bunyodkor» — «Obod» 2:1
Gollar: Şahzod Nurmatov, 11 (1:0). Akrom Komilov, 41-avt (1:1). Sato Minori, 48 (2:1).
Dastlabki uçraşuv: 2:2

«Söğdiyona» — «Maş'al» 0:1
Gol: Şahboz Erkinov, 17 (0:1).