Kuni keça BMT qurolli töqnaşuvlar va tabiiy ofatlar natijasida özlarining kindik qoni tökilgan yurtlaridan boş olib ketişga majbur bölgan 30 millionga yaqin bolaning bilim olişi yölida Ta'lim dasturini moliyalaştirişga qaratilgan global jamğarma taşkil etişga qaror qilganini bildirdi. BMTning global ta'lim masalalari böyiça maxsus vakili Gordon Braunning aytişiça, yangi jamğarma kelasi haftada bölib ötadigan Gumanitar masalalar böyiça jahon sammitida rasman taşkil qilinadi. U öz sözida BMTning Bolalar jamğarmasi (YUNISEF), YuNeSKO, BMTning Qoçqinlar işlari böyiça Oliy komissarlik boşqarmasi, BMTning Taraqqiyot Dastruri, Jahon banki va boşqa xalqaro agentlik, nohukumat taşkilotlari va donorlarning uç yillik sermahsul faoliyati natijasi ölaroq yangi jamğarma taşkil qilinayotganini ta'kidlab ötdi. Gordon Braun yangi jamğarma yangi öquv yilidan boşlab öz faoliyatini boşlaşiga umid bildirdi.
Tahlilçilarning fikriça, BMT ta'lim dastrurlariga muntazam ravişda mablağ topa olmayotgani bois yangi jamğara taşkil etilmoqda. Qoçqin va muhojirlarga ajratilayotgan mablağlarning atigi 2 foizigina qoçqin bolalarning ta'limiga sarflanadi. Buyuk Britaniya sobiq boş vazirining aytişiça, boşiga kulfat tuşgan dunyo bolalarining ta'lim olişlari uçun xalqaro xamjamiyat 3,9 milliard dollar töplaşi kerak böladi. Ayni damda BMT rasmiylari jamğarma oldida turgan vazifalarni va ajratilişi kerak bölgan moliyalar miqdorini örganib çiqmoqda. Gap şundaki, ayrim mamlakatlar jabrdiyda mamlakatlarga ikki tomonlama bitimlar asosida yordam bermoqda. Jamğarmaga töplanadigan mablağlar miqdori tahlil qilinayotganida ayni şu vaziyat inobatiga olinadi, dedi Gordon Braun.

BMT vakillarining aytişiça, muhojirlarning bolalariga ta'lim beriş orqali ularga porloq kelajak sovğa qilinadi hamda bolalarning radikal guruhlar saflariga kirib qolişining oldi olinadi. Şuningdek, yaxşi hayot orzusida bolalarning Yevropa sari yölga çiqişlariga barham beradi.
BMTning Bolalar Jamğarmasi (YUNISEF) Yevropaga kattalarning hamrohligisiz kelgan bolalarni himoya qiliş yölida zudlik bilan çora-tadbirlar körilişiga da'vat qilmoqda. YUNISEF vakillarining aytişiça, bu bolalar oldida katta xavf turibdi. Ular odam savdosi bilan şuğullanuvçi guruhlarning qöliga tuşib qolişi mumkin ekan. Interpol ma'lumotlariga köra, bedarak yöqolgan muhojir va qoçqinlarning har töqqiztasidan bittasini bolalar taşkil qiladi.

Sloveniyadagi muhojirlar markazida bölgan bolalarning 80 foizidan ortiği bedarak yöqolib qoldi. Şvetsiyada har haftada yöqoladigan muhojir bolalarning 10 foizini bolalar taşkil qiladi. Yil boşidan beri Germaniyada 4,7 mingdan ortiq bola yöqolib qoldi. Ularning hammasi Germaniyaga kattalarning hamrohligisiz kelgani aniq böldi. BMT Bolalar jamğarmasi Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarga murojaat qilar ekan, muhojir va qoçqinlarning bolalariga oid qabul qilinadigan har qanday qaror bolalar manfaatlariga xizmat qilişi lozimligini eslatib ötdi. YUNISEF ma'lumotlariga köra, ötgan yili 96 yarim mingdan ortiq bola Yevropa mamlakatlaridan boşpana söragan.









