22 may kuni Andijon şahrida ham «Andijon kitob olami» dökoni foydalanişga topşirildi, deya xabar beradi Özbekiston matbuot axborot agentligi rasmiy sayti.
Manbaning yozişiça, mazkur inşoot Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e'lon qilingan «Soğlom ona va bola yili» Davlat dasturining ijrosini ta'minlaş hamda aholini adabiyotga, ma'naviyatga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş va uluğlaş, yoşlarni intellektual rivojlangan va ma'nan barkamol qilib voyaga yetkaziş, yoşlarning milliy adabiyotimizga va jahon adabiyoti durdonalariga bölgan qiziqişini qondiriş, yozuvçi va kitobxon örtasidagi muloqotni kuçaytiriş maqsadida taşkil qilindi.
Şu kuni Özbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Andijon viloyat hokimligi bilan yaqin hamkorlikida taşkil etilgan «Andijon kitob olami» majmuasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Uşbu tadbirni viloyat hokimi örinbosari Ş. Şeraliyev oçib berdi. Söng Özbekiston matbuot va axborot agentligi Boş direktori A. Yunusov sözga çiqib majmuaning faoliyatiga doir masalalarga töxtalib Agentlik va respublika naşriyotlari tomonidan kerakligiça turli yönalişdagi adabiyotlar yetkazib berilişini aytib ötdi. Tadbirda şuningdek, taniqli yozuvçi va şoirlar, san'atkorlar, Zulfiya mukofoti sovrindorlari ham iştirok etişdi.
Mazkur majmua 500 kvadrat metr maydonni egallagan, unda turli yönalişdagi adabiyotlardan tarkib topgan körkam savdo javonlari örnatilgan va ularga Özbekistondagi naşriyotlar tomonidan naşr etilgan 25 ming nusxadagi kitoblar joylaştirilgan. Huddi boşqa majmualar kabi «Andijon kitob olami» majmuasida ham taşrif buyuruvçi barça yoşdagi kitobxonlar ehtiyoji hisobga olingan holda ular uçun qulay şaroitlar yaratilib «book-cafe» faoliyati taşkil etilgan.







