Yaponiyaning Fukusima prefekturasida Iidate Village mahalliy boşqarmasining old qismida radiatsiyani ölçaydigan katta uskuna turibdi. Uning panelida qizil rangli yozuv yonib turibdi: 0,38 mkZv / soat.
Uskuna 2011 yilning martida dahşatli sunami boş kötargan Fukusimadan 40 kilometr masofada joylaşgan.
Fizik Yoiçi Tao displeyga qarab "Bu judayam past körsatkiç" deb ma'yus jilmaydi.
"Bu ölçagiçni özimiz örnatamiz", dedi u.
"Rasmiy ma'lumotlarga köra, radiatsiya kuçi sakkizdan öngaça bölganini körsatgan".

Tao yapon hukumatining "vaziyat töliq nazorat ostida" hamda "atrof-muhitga radioaktiv suvning ta'siri butkul bloklangan" kabi rasmiy ma'lumotlariga qöşilmaydi.
Tao bunga şubha qilgan va u kabi öylovçilar köplab topiladi, çunki mahalliy aholi orasida radioaktiv kasalliklar bilan oğriganlar ançagina, ularning ba'zilari yordam sörab kimga murojaat qilişni ham bilişmaydi.
Bu yil Fukusimadagi yadroviy falokatga beş yil, Çernobildagi avariyaga esa 30 yil töladi. Çernobilda ötgan yillar mobaynida turli tadqiqotlar va tadbirlar ötkazildi. Fukusimada esa köp narsa yopiqligiça qoldi.
Fukusimadagi yadroviy avariyaning natijalarini töliq bartaraf qiliş uçun neça yil kerak böladi? Atrof-muhitga aniq qanday ta'sir ötkazgan? Qayta faollaştiriş jarayonida qanday yutuqlarga erişildi? Yadroviy çiqindilarni qanday qilib yöq qiliş mumkin?
Bu savollarga butun dunyo ekspertlari bir xil javob qaytarişadi: "Yetarliça ma'lumotlarga ega emasligimiz sabab aniq javob beriş qiyin".
Okeanografiya instituti katta ilmiy xodimi Ken Byusslerning sözlariga köra, yapon hukumati omma bilan yaxşi iş olib bormagan.
"Xalq radiatsion zarar hamda uning soğliqqa ta'siri haqida töliq ma'lumotga ega bölişi uçun bu ma'lumotlarga oydinlik kiritiş kerak", deya taklif kiritdi u.

2011 yildan beri Fukusimadagi yadroviy avariyaning dengiz muhitiga ta'sirini örganuvçi ekspert radioaktiv moddaning 80 foizi dengizga kelib tuşgani bois uning ta'siri juda kuçli bölganini ta'kidladi.







