«Barselona» Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida keçgan Ispaniya Kubogi finalida «Sevilya» bilan uçraşdi. Öyinning asosiy vaqtida hisob oçilmagaç, ğolibni aniqlaş uçun qöşimça bölimlarga ötildi. Qöşimça bölimlarda urilgan 2ta gol katalonlar jamoasiga mavsumni «oltin dubl» bilan yakunlaş imkonini berdi.
Öyinning 36-daqiqasida «Barselona» bir kişi kam bölib qoldi. Darvozabon yetkazib bergan uzatmani «Sevilya» futbolçilaridan biri boş bilan qaytarişi natijasida Gameyro darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotganida Maskerano uni formasidan tortib yiqitdi. Hakam Xaverga töğridan-töğri qizil kartoçka körsatdi.
Ikkinçi bölimni «Sevilya» faol boşladi. «Barselona» raqibning töpni nazorat qilişiga qöyib berib, özi himoyaga ötdi. 50-daqiqada Banega kutilmaganda jarima maydonçasi taşqarisidan zarba yölladi. Töp Pikening oyoğidan öz yönalişini biroz özgartirdi va ustunga tegib qaytdi.
Ikkinçi 45 daqiqalikda kataloniyaliklar töliq himoyalanişdi, ustunlik andalusiyaliklar tomonida böldi. Ular yaratilgan bir neçta imkoniyatlardan foydalana olişmadi. Asosiy vaqtga qöşib berilgan daqiqalarda esa "kök-anorranglilar" qarşi hujum taşkil qilişdi va maydondagi futbolçilar sonini tenglaştirişdi. Messining uzatmasidan keyin Neymar birga-bir vaziyatga çiqayotganida Ever Banega braziliyalik hujumçini ortdan tepib yiqitdi va qizil kartoçka oldi.
97-daqiqada Hordi Alba hisobni oçuvçi gol muallifi böldi. 121-daqiqada esa Daniel Karrisu «Sevilya»ning 9 kişi bölib qolişiga sababçi böldi. Bir daqiqa ötar-ötmasdan Neymar ikkinçi golni urdi.
Şu tariqa, «Barselona» Ispaniya çempionligidan keyin mamlakat kubogini ham öziniki qilib oldi.
Ma'lumot uçun, «Barselona» Ispaniya Kubogini eng köp — 28 marta qölga kiritgan. Bu körsatkiç Bilbaoning «Atletik» klubida 23 tani, Madridning «Real»ida 19, «Atletiko»sida esa 10 tani taşkil qiladi. «Sevilya» esa Ispaniya Kubogida 5 marta ğolib bölgan.
Ispaniya Kubogi
FINAL
22 may, yakşanba
«Barselona» — «Sevilya» 2:0
Gollar: 1:0 – 97 Alba, 2:0 — 120+2 Neymar
Barselona – ter Ştegen, Pike, Alba, Dani Alves, Buskets, Rakitiç (Mate, 46), Maskerano, Inesta, Neymar, Messi, Suares (Rafinya, 57).
Sevilya – Riko, Koke, Rami, Eskudero, Karrisu, Banega, Iborra (Lorente, 105), Vitolo, Kryxovyak, Mariano (Konoplyanka, 80), Gameyro.







