Ayni vaqtda "Mançester Yunayted" jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaalga yordamçi bölib turgan Rayan Giggz tez orada jamoani tark etişi mumkin. Bu van Gaalning örniga Joze Mourino olib kelinsa röy beradi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lumotiga köra, Mourinoning agenti Jorjye Mendeş seşanba kuni mançesterliklar rahbariyati bilan muzokara ötkaziş uçun Angliyaga keladi. Yaqin vaqt içida Mourino "MYu"ning boş murabbiyi sifatida e'lon qilinişi kutilmoqda.
Bundan oldinroq, portugaliyalik mutaxassis bilan "MYu" rahbariyati yarim yil oldin kelişib qöygani, 2015 yil oxirida Mourino "Çelsi"ni tark etgaç, u boşqa jamoa taklifini qabul qilmasligi uçun unga 4 mln funt tölangani ma'lum qilingandi.
Öz futbolçilik faoliyatini "MYu" tarkibida ötkazgan uelslik Rayan Giggz jamoa safida 672ta öyinda maydonga tuşib, 114ta gol urgan. U jamoa bilan 13 marta Angliya çempioniga aylangan. Şuningdek, 4 marta Angliya Kubogida, 8 marta mamlakat Superkubogida zafar quçgan. Giggz "MYu" bilan 2 marta YeÇL ğolibi bölgan. U 2014 yilda "MYu" boş murabbiyi Devid Moyyes iste'foga çiqarilişidan keyin vaqtinçalik jamoa boş murabbiyi vazifasini bajaruvçi bölgandi.







