Turkiya Prezidenti Rajab Tayib Erdöğon hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasining rahbari etib saylangan Binali Yildirimga yangi xukumatni şakllantirişni topşirdi. Davlat rahbari yangi boş vazirga muvaffaqiyatlar tiladi. Axmet Dovutöğli hukumatida transport, kemasozlik va aloqa vaziri lavozimida işlagan Binali Yildirim yakşanba kuni partiyaning navbatdan taşqari qurultoyida rais etib saylangan edi. Uning nomzodini 1470 delegatning 1405 nafari qöllab-quvvatladi. An'anaga köra, partiya rahbari mamlakat hukumatiga rahbarlik qiladi. Ma'lumki, bundan avval boş vazir Axmet Dovutöğli bölajak anjumanda öz nomzodini partiya raisligiga körsatmasligini aytgan. Bu, öz navbatida, uning iste'foga çiqişiga olib kelgan edi. Tahlilçilarning fikriça, sönggi vaqtlarda prezident va boş vazir örtasida bir qator masalalarda, jumladan, kurd muammolarini bartaraf etiş borasida qarama-qarşiliklar yuzaga kelgan edi. Şuningdek, hukumat siyosatini tanqid qiluvçi jurnalist va jamoatçilik vakillarining hibsga olinişiga ham prezident va boş vazir turli nuqtai nazarga ega ekanliklari körinib qolgan edi.

Mamlakat tahlilçilarining fikriça, Binali Yildirimning boş vazir etib tayinlanişi Turkiyani prezidentlik boşqaruv tizimiga ötişi sari yöl oçadi. Bu haqda professor Töğrul Ismoil ma'lum qildi. Muxolifatdagi Xalq-respublikaçilar partiyasi rahbari Kamol Qiliçdaröğli prezident boşqaruviga ötiş mamlakatda qon tökilişlariga sabab bölişini ta'kidladi. “Siz qon tökmasdan prezident boşqaruviga öta olmaysiz. Bir kişi gapiradi, Turkiya jim turadi. Bir kişi gapiradi, sudyalar qaror qabul qiladi. Bir kişi gapiradi va şu tariqa deputatlikka nomzodlar aniqlanadi. Siz bu kabi prezidentlik tizimini joriy qila olmaysiz”, dedi Qiliçdoröğli Anqarada bölib ötgan Turkiya savdo palatalari va birjalari uyuşmasi Boş Assambleyasida qilgan çiqişida. Uning aytişiça, Turkiyadagi sud tizimi özgarişsiz qolişi kerak.

Turkiya Respublikasi taşkil topgan 1923 yildan boşlab mamlakatda parlament boşqaruvi amal qiladi. Erdöğan esa Prezidentlik boşqaruvi joriy etilişini tarğib qilib kelmoqda. Buning uçun u yangi konstitutsiya böyiça referendum ötkazilişi va prezidentlik boşqaruv tizimiga ötişini aytib keladi. Biroq muxolifat prezidentning bu taklifiga qarşi çiqib keladi. Ular Erdöğanni hokimiyatni öz qöliga olişga urinayotganlikda ayblaşmoqda. Kuzatuvçilarning fikriça, Binali Yildirim endilikda faqat iqtisod bilan şuğullanadi. Siyosiy vakolatlarni prezident öz qöliga oladi. Kadrlar özgarişini amalga oşirar ekan, Erdöğan partiya içida öz mavqeini mustahkamlab oldi. Bu degani hukmron partiya prezident boşqaruvi tizimiga ötiş uçun jiddiy tayyorgarlik körayotganidan dalolatdir. Axmet Dovutöğli (endilikda sobiq boş vazir) prezidentlik boşqaruviga ötilişini çin dildan qöllab-quvvatlamayotgan edi.

Binali Yildirim siyosatçilar orasida prezidentga eng yaqin kişilardan biri ekani tan olinadi. Bundan avval u Turkiyaning Rossiya bilan munosabatlari yaxşilanişi kerak, degan fikrlarni ilgari surgan edi. Binali Yildirimning boş vazir etib tayinlanişi Rossiya-Turkiya munosabatlariga ta'sir körsatadimi, degan savol tuğilişi mumkin. Ammo tahlilçilar, ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni faqat ikki prezidentgina özgartirişi mumkinligini bir ovozdan aytişadi.