Google kompaniyasi 2016 yilning oxiriga kelib işlab çiqaruvçilariga Android-ilovalarga parolsiz kirişni ta'minlaydigan Project Abacus texnologiyasini taqdim qiladi. Bu haqida Android Authority xabar berdi.
Gadjyetga kiritilgan sensorlar yordamida algoritm har bir foydalanuvçi uçun qurilma egasini aniqlovçi Trust Score körsatkiçini belgilaydi. Ovoz intonatsiyalari, yuz körinişi, matnni teriş tezligi, joylaşuv, şuningdek, eng yaqindagi Bluetooth-uzatgiçlari va Wi-Fi topiş nuqtalari - bularning barçasi inobatga olinadi.
Öyinga öxşagan oddiy ilovalar haqiqatga unça yaqin bölmagan körsatkiçlarda ham işga tuşişi mumkin, biroq muhim servislar (masalan, bank servislari) maksimal darajadagi Trust Score körsatkiçini talab qiladi.
Project Abacus texnologiyasining ilk sinovlari 2015 yilda öquv muassasalarida ötkazildi, 2016 yilning iyunida esa yirik moliyaviy taşkilotlarda ham sinaşni boşlaşadi.







