Hozirça şaxsi aniqlanmagan 100dan ortiq jinoyatçilar, uç soatdan kam vaqt içida, Yaponiyaning turli burçaklaridagi 1400ta bankomatlardan 1,4 mlrd iyena (13 mln AQŞ dollari) miqdoridagi pulni ömarişga muvaffaq bölişgan. Ular JAR banklaridan öğirlangan ma'lumotlarga ega soxta kartoçkalardan foydalangan, deb xabar qilmoqda «Kiodo» agentligi.
Moliyaviy jinoyat 15 may kuni tongda amalga oşirilgan. Politsiyaning taxminiga köra, bir vaqtning özida yuzdan ortiq kişi uyuşgan jinoiy amaliyotda qatnaşgan. Ular Tokioning kiçik dökonlari va mamlakatning 16ta prefekturasida pullarni yeçib olgan.
Umuman jami bölib, taxminan 14 mingta tranzaksiya amalga oşirilgan. Ularning har birida eng maksimal summa, 100 ming iyena (907 dollar) olingan. Jinoyatçilar tanlagan bankomatlar Seven Bank bankiga tegişli ekani aytilmoqda.
Tergov işlariga aloqador manbaning sözlariga köra, Janubiy Afrika Respublikasi bankidan öğirlangan kredit kartoçkasi ma'lumotlari soxta bank kartalariga yuklangan va ulardan pul yeçib olingan.
Yapon huquq-tartibot idoralari vakillarining aytişiça, firibgarlikka xalqaro jinoiy guruhning aloqasi bor.







