Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan seşanba kuni mamlakatning 65-hukumati tarkibini tasdiqladi. Biroz oldinroq, Adolat va Taraqqiyot partiyasining rahbari etib saylangan Binoli Yildirim yangi hukumat a'zolari röyxatini prezidentga havola qilgandi.
Vazir va prezidentning uçraşuvi Anqaradagi prezident qarorgohida bölib ötgan.
Hukumat tarkibi tasdiqlangaç, Yildirim rasman Turkiyaning yangi boş vaziriga aylandi.
Axmat Dovutöğli hukumatida transport, kemasozlik va aloqa vaziri lavozimida işlagan Binoli Yildirim 22 may kuni partiyaning navbatdan taşqari qurultoyida rais etib saylangan edi. Uning nomzodini 1470 delegatning 1405 nafari qöllab-quvvatladi.
Yangi hukumatda boş vazir örinbosarlari Tuğrul Turkaş, Mehmet Şimşek, Numan Qurtulmuş öz lavozimlarini saqlab qolişgan. Veysi Qaynoq va Nuriddin Janiqli esa boş vazirning yangi örinbosarlariga aylangan.
Şuningdek, Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli, IIV rahbari Efqon Ala, Energetik va tabiiy resurslar vaziri Barot Albayroq öz lavozimlarida qolgan. Hukumatning yangi tarkibidagi yangi nomlar esa quyidagilar: Moliya vaziri Naji Agbal, Mudoffa vaziri Fiqri Işik, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zebekçi, Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji, YeI masalalari böyiça vazir Umar Çelik.
Şu haftada hukumat dasturi e'lon qilinadi, undan oldin dastur loyihasi parlament tasdiğidan ötişi kerak böladi.







