Kuni keça tarmoqlarda iPhone 7ning metall korpusi tasvirlangan suratlar paydo böldi. Agar uşbu suratlar soxta bölmasa, Apple’ning navbatdagi flagmani yangi rang va ilğor audiotizimga ega böladi.
Italyalik ğilof işlab çiqaruvçi NoWhereElse.fr sayti joylagan suratga köra, smartfonning orqa paneli noodatiy binafşa rangda böladi. Ayni damda iPhone 4 xil rangda çiqarilmoqda — qora, oq, tilla va «puşti-tilla» ranglarda.
Bundan taşqari, vspişka joyi özgargan – u bilan birga şovqin dastasi bölgan mikrofon teşigi kamera obektivining yon tomonida emas, tagida joylaşgan. Korpusda iPhone 6s kabi proyektor mavjud, biroq linzalar uçun teşik biroz kattalaşganini seziş mumkin. Bu esa yangi va zamonaviy modulga ega kamera bölişidan dalolat beradi.
Avvallari ham aytib ötilganidek, yangi qurilmada 3,5 mm uzunlikdagi quloqçinlar bölmaydi — ularning örniga Apple Bluetooth yoki Lightning ulagiçi orqali yoqiluvçi garnitura (eşitiş vositasi)dan foydalanişni tavsiya etadi. Biroq suratdagi eng e'tiborli jihat — korpusning yuqori qismidagi ikkita qöşimça dinamik panjaralardir. Bunday içki audiotuzilma avvalroq iPad Pro 12.9 va 9.7da mavjud bölgan.
Bu va boşqa suratlar şundan dalolat beradiki, 2016 yilning sentabrida taqdim etilişi kutilayotgan iPhone 7 avvalgi «ayfon»lardan tubdan farq qilmaydi. Antennalarni yaşirib turuvçi plastik çiziqlar çekka qismga joylaşadi va deyarli sezilmaydi. Bundan taşqari, smartfon çang va namlikdan himoyalana oliş imkoniga ega böladi, degan ehtimol ham yöq emas.
Qurilma yanada tezkor işlaydi — Apple A10 protsessorining faoliyati kengayadi va tezkor grafika, 3 GB operativ xotira (faqatgina ayrim modellarda), 256 GB hajmdagi içki xotiraga ega böladi.







