Özbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 23 may kuni Oqsaroyda mamlakatga rasmiy taşrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi taşqi işlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Özbekiston Prezidenti va Xitoy TIV rahbari ŞHT doirasidagi tadbirlar hamda XXR Raisining davlat taşrifini muhokama qildi.

Özbekiston Prezidenti 23 may kuni Oqsaroyda mamlakatimizga rasmiy taşrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi taşqi işlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar qildi.

Davlat rahbari Özbekiston mamlakatlar örtasida barça yönalişlardagi barqaror va işonçli hamkorlikni yuksak qadrlaşini ta'kidladi.

Tomonlar Özbekistonning Şanxay hamkorlik taşkilotiga raisligi doirasida bölib ötadigan tadbirlarda Xitoyning iştiroki va Özbekiston-Xitoyning özaro hamkorligiga doir boşqa masalalar yuzasidan fikr almaşdi.

Uçraşuvda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning mamlakatimizga bölajak davlat taşrifi özaro munosabatlarni yanada rivojlantirişda muhim bosqiç bölişi ta'kidlandi.

Özbekiston va Xitoy özaro manfaatli va samarali hamkorlik böyiça katta tajriba töplagan. 2015 yilda ikki mamlakat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 4,1 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi. Özbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Xitoy investitsiyasi hajmi 6,5 milliard dollardan oşdi. Mamlakatimizda Xitoy kapitali iştirokida taşkil etilgan 651 korxona faoliyat körsatmoqda, bir qança muhim qöşma loyihalar amalga oşirilgan.