Ruminiyalik tajribali murabbiy Mirça Luçesku Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi bilan «2+1» körinişida şartnoma tuzgan. U yangi jamoada 1 iyundan işga kirişadi. Bu haqda «R-Sport» agentligi xabar tarqatdi.

Şartnomaning moliyaviy jihatlari keltirilmagan.

Luçesku 22 may kuni «Şaxtyor»ni 12 yillik faoliyatdan keyin tark etgandi. U şu kunning özida piterliklar jamoasi xöjayini Aleksey Miller bilan muzokara ötkazgani aytildi.

Bundan oldinroq, OAVda Luçesku yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini kuçaytiriş uçun 60 mln dollar olişi, uning yillik maoşi miqdori esa 5 mln dollarni taşkil etişi haqida xabarlar berilgandi.