Isroilning «Makkabi Tel-Aviv» murabbiyi sifatida işlab kelgan Peter Bos yangi mavsumdan Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasini boşqaradi.
Amsterdamliklar jamoasi taklifidan keyin isroilliklar jamoasi 52 yoşli mutaxassis bilan 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan şartnomani bekor qilişga rozi bölgan.
Bosning 1 iyul kunidan kuçga kiradigan «Ayaks» bilan şartnomasi 2019 yilning 30 iyuniga qadar möljallangan.
Peter Bos öz vaqtida Niderlandiya terma jamoasida 8ta uçraşuvda maydonga tuşgan. Murabbiylik faoliyatini 1999 yilda boşlagan sobiq futbolçi «Xerakles» va «Vitess» jamoalarida işlagan. U şuningdek, «Feyyenoord» jamoasining texnik direktori sifatida faoliyat körsatgan.
Eslatib ötamiz, 2 hafta oldin Frank de Bur «Ayaks» boş murabbiylidan iste'foga çiqdi. U ketma-ket 2 mavsumda jamoa bilan sovrinsiz qoldi.







