Xitoy davlat yadro korporatsiyasi (China National Nuclear Corp, CNNC) Sudan Respublikasi suv zahiralari va elektrlaştiriş vazirligi bilan, uşbu mamlakatda quvvati 600 megavattlik atom reaktorini quriş böyiça ikkita kelişuvni imzoladi. China Daily gazetasining yozişiça, CNNC, şuningdek, Sudan hukumatiga mamlakat atom energetikasini rivojlantiriş rejasini işlab çiqişda kömak ham beradi. 

Tomonlar reaktor turi, şartnoma qiymati hamda uning foydalanişga topşiriliş muddatiga oydinlik kiritişmagan bölsa-da, ekspertlarning fikriça, bu Xitoy tomonidan işlab çiqilgan uçinçi avlod Hualong One atom reaktori böladi. 

"Har holda, uşbu reaktor tanlangan bölişi kerak. Xitoy mazkur texnologiyaning mamlakat içkarisida ham, xorijda ham keng tarqalişiga erişmoqçi", - deb öz taxminlari bilan örtoqlaşgan, XXR tabiatni muhofaza qiliş vazirligi qoşidagi Yadro va radiatsiya xavfsizligi markazi boş muhandisi Çay Goxan.

CNNC rahbari Sun Tsinning ma'lum qilişiça, Xitoy korporatsiyasi 2030 yilgaça dunyoning turli mamlakatlarida 30ta atom energiya blokini işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bular "Ipak yöli iqtisodiy boğiçi" strategik dasturi doirasida amalga oşiriladi. Uning sözlariga köra, CNNC Argentina, Braziliya, Misr, Buyuk Britaniya, Fransiya va Iordaniya kabi davlatlar bilan kelişuvlarga erişgan.

CNNC rahbarining qayd etişiça, bugungi kunda jahonning 70dan ortiq mamlakati yadro energetikasini rivojlantirmoqda. 2020 yilga kelib, uşbu davlatlarda 130dan ortiq AESning yadroviy energetika bloki qurilib, foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. 

Xitoyning özida 28 GVt quvvatga ega 30ta atom energiya bloki mavjud bölib, yana 24tasida quriliş işlari olib borilmoqda.