Hindistonda rekord darajadagi issiqdan yöllardagi asfalt erişni boşladi. Issiq havo hukm surayotgan mamlakatning ğarbiy ştatlaridan olingan, uşbu holat aks etgan kadrlarni NDTV kanali namoyiş qildi.

Guvohlarning aytişiça, yöllarda köp joylarda asfaltga yopişib qolgan oyoq kiyimlarini köriş mumkin, odamlar yöldan bazör ötmoqdalar.

Video olingan Gujarot ştatida harorat 36 gradusgaça kötarilgan. Rajaston ştatining Pxalodi şahrida umumhind harorat rekordi – 51 graduslik havo harorati qayd qilindi. Meteorologlar haroratning yanada kötarilişidan ogohlantirişmoqda, şoşilinç xizmatlar ventilyator va konditsionerlarning işlaşi uçun zarur bölgan elektr energiyaning muntazam öçib qolişi bilan kuraşmoqdalar.

Umumiy hisobda issiq havo 13 ta ştatda kuzatilmoqda, bu ştatlarda 330 mln kişi yaşaydi. Issiq urişidan yuzlab odamlar halok bölgani ma'lum qilinmoqda. Hosili nobud bölgan ön minglab fermerlar oçarçilikdan ötib oliş uçun şaharlarga köçib ötmoqdalar. Ularning köpi öz joniga qasd qilmoqda. Rajaston, Maxaraştra va Gudjarot ştatlaridagi daryo, köl va suv omborlari qurib qolgan.

Qoida böyiça, may va iyun oylari Hindistonda eng issiq oylar hisoblanadi, bu oylarda harorat 40 gradusgaça kötariladi. Söngra uzoq davom etuvçi musson yomğirlari keladi. Jaziramani yengib ötişda yordam beradigan yomğirlar bu yili deyarli yoğmagan. Bunday ğayritabiiy hodisaga nima sabab bölgani borasida aniq javob yöq: ba'zi meteorologlar bunda Afğoniston va Pokistonning issiq şamollarini ayblaşsa, boşqalar global isiş va urbanizatsiyani ayblamoqdalar.