AP agentligining xabariga köra, Royal Dutch Shell Plc neft giganti yil oxirigaça yana 2,2 ming xodimini işdan böşatişga qaror qilgan. 

Şunday qilib, kompaniya rahbariyati 2015 yildan 2016 yil oxirigaça bölgan muddat içida taxminan 12 ming xizmatçisini işdan böşatadi. 

«Bu sohamiz uçun eng qiyin damlardir. Va biz, neft narxi arzon bölgan vaqtda raqobatbardoşlikni saqlab qoliş uçun jiddiy qaror qabul qilişga majburmiz», — degan kompaniyaning Buyuk Britaniya böyiça vitse-prezidenti Pol Gudfellou.

Royal Dutch Shell Plc, şu yilning aprelm oyida ham Niderlandiyadagi 2 mingga yaqin işçisini lavozimidan ozod etişini bildirgan edi. 

2016 yil birinçi çoragi yakunlariga köra, Royal Dutch Shell’ning sof daromadi 89 foizga tuşib ketgan.